Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

1-sonli shifoxonada o‘rganish ishlari olib borildi

“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘lar ajratish to‘g‘risida Qo‘qon shahar hokimligining taqdimnomasiga asosan Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputatlari tomonidan shahar 1-sonli shifoxonasida o‘rganish ishlari o‘tkazildi.

O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov, deputat X.Abdullayev, shahar iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari M.Rasulov hamda tibbiyot birlashmasi mas’ul xodimlari ishtirok etdilar.

O‘rganish davomida shifoxonaning moddiy-texnik bazasi, bemorlarga yaratilgan sharoitlar, mavjud infratuzilma holati hamda tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash uchun zarur bo‘lgan ehtiyojlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlar, ajratilishi taklif etilayotgan mablag‘larning maqsadga muvofiqligi va kutilayotgan natijalar yuzasidan mutaxassislarning axborotlari tinglandi.

Deputatlar tomonidan mablag‘lardan samarali va manzilli foydalanish, tibbiyot muassasasida mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha bildirilgan taklif va mulohazalar tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, masala yuzasidan Xalq deputatlari shahar Kengashi sessiyasida tegishli qaror qabul qilinishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4