Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati E.Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Donayevlar "Gulzor" mahallasiga tashrif buyurib, mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida mahallada aholi muammolarini o‘rganish va ularni bartaraf etish, fuqarolar bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, huquqbuzarliklar profilaktikasini tashkil etish hamda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla yettiligi a’zolari bilan suhbat o‘tkazilib, hududdagi mavjud muammolar, aholi murojaatlari va ularning yechimi yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida mahalla faoliyati samaradorligini yanada oshirish hamda aholi bilan ishlash tizimini takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram