Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirov shahardagi “Alpomish” mahallasida bo‘ldilar.
🔅O‘rganish davomida quyidagilarga e’tibor qaratildi:
▶️Ko‘p qavatli uylar atrofini ko‘kalamzorlashtirish rejalari;
▶️Piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish va tungi yoritish tizimlari holati;
▶️Bolalar maydonchalari va aholi dam olish maskanlarini barpo etish imkoniyatlari.
💬Jarayon davomida rejalashtirilgan obodonchilik ishlarini sifatli bajarish hamda hududning me’moriy qiyofasini yaxshilash yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli tavsiyalar berildi.