Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ish samaradorligi va xavfsizlik: “Temiryo‘lchi” mahallasida xodimlar faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, Kengash deputati X.Fayzullayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar shahardagi “Temiryo‘lchi” mahallasida nazorat-tahlil tadbirlarini o‘tkazdilar.

💬 Mazkur jarayon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-209-sonli Farmoni hamda mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi.

🔅O‘rganishlar davomida quyidagi mas’ullarning faoliyati tahlil qilindi:

▶️Hokim yordamchisi faoliyati:
🟢Aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar;
🟢Imtiyozli kredit va subsidiyalarning manzilli ajratilishi;
🟢“Daftarlar”da turgan fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar.

▶️Profilaktika inspektori faoliyati:
🟢Mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikni jilovlash holati;
🟢“Jinoyatdan xoli mahalla” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan profilaktik tadbirlar;
🟢Aholi osoyishtaligini ta’minlashda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik darajasi.

🫥 Tahlil davomida deputatlar mas’ullarning ish hujjatlari va aholi farovonligi yo‘lidagi amaliy natijalarini ko‘zdan kechirdilar.

💬 Ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish, aholi muammolarini joyida hal etish ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha aniq tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2