Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

“Yangikent” mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

“Yangikent” mahallasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi kotibiyati mudiri K.Muhammadiyev hamda 8-Yangi yo‘l saylov okrugidan saylangan deputat A.Ergashev “Yangikent” mahallasida bo‘lib, mahalla hokim yordamchisi bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va aholi uchun yaratilayotgan qulayliklar bilan tanishdi.

Jarayonda mahallada infratuzilmani yaxshilash, aholining murojaatlarini o‘z vaqtida hal etish, bandlikni ta’minlash hamda obodonlashtirish ishlari yuzasidan olib borilayotgan amaliy ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, hududni yanada obod qilish, aholi turmush farovonligini oshirish borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | E-kengash |Instagram

#K_Muhammadiyev #A_Ergashev

Slide 1 of 3