#96_qonun
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati Sh.Mirzaqulov tomonidan Choshtepa hududidagi 23-oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganildi. Mazkur tibbiyot muassasasi orqali Yangiobod, Choshtepa va O‘klan qishloqlari hamda hududdagi jami 3 ta qishloqda istiqomat qiluvchi 3046 nafar aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelinmoqda.
O‘rganish davomida hududda 502 ta xonadon mavjudligi, shuningdek, 534 nafar fuqaro dispanser hisobida turishi ma’lum qilindi. Aholining salomatligini muhofaza qilish, xususan surunkali kasallikka chalingan bemorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 128 nafar bemorga Reimbursatsiya dasturi asosida 28 turdagi bepul dori vositalari ajratilgani qayd etildi.
Deputat tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash, aholiga sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatish, dori-darmon ta’minotini yanada yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|