Xalq deputatlari tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq, hududlarda o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda.
🏢 Jumladan, xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi raisi J. Xudoyqulova, doimiy komissiya raisi Ch. Alimov, Kengash kotibiyati mudiri K. Muhammadiyev hamda tuman Kengashi deputatlari N.Alimov (https://t.me/Qiziriq_tumai_Kengash/2496?single) va J.Donayevlar tuman davlat kadastr bo‘limiga tashrif buyurishdi.
📊 Tashrif davomida:
korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar
davlat xizmatlari ko‘rsatishda ochiqlik va shaffoflik darajasi
fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi
ichki nazorat mexanizmlarining samaradorligi atroflicha o‘rganildi.
🗣Shuningdek, soha mutasaddilari bilan suhbat o‘tkazilib, korrupsion holatlarning oldini olish, xizmatlar sifatini oshirish hamda fuqarolar uchun qulay va shaffof tizim yaratish masalalari muhokama qilindi.
💬 O‘rganish yakunida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, qonunchilik talablariga qat’iy rioya etilishini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
⏺Deputatlik va jamoatchilik nazorati asosida bu kabi o‘rganishlar izchil davom ettiriladi.