Yoshlar tarbiyasi va ta’lim sifati — e’tibor markazida
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati Q.Igamberdiyeva tomonidan hududlarda yoshlar tarbiyasi hamda ularga sifatli ta’lim berish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu maqsadda deputat “Istara” mahallasida joylashgan 12-umumta’lim maktabida bo‘lib, mahalla faol nuroniylari bilan hamkorlikda maktab o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarning bilim darajasini mustahkamlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.
🟢Shuningdek, deputat nuroniylar bilan birgalikda maktab o‘quvchilari bilan ham samimiy uchrashuv tashkil etdi. Unda yoshlarga vatanparvarlik ruhida tarbiya berish, ularni ilm olishga undash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida muhim tavsiyalar berildi.
✅Mazkur uchrashuvlar yoshlar tarbiyasi va ta’lim sifatini oshirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etib, bu boradagi ishlar izchil davom ettirilishi ta’kidlandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)
#Deputat_Igamberdiyeva #Targibot_uchrashuv