HUDUDLARDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN LOYIHALAR NAZORATDA
🏥 Hududlardagi dasturlar ijrosini nazorat qilish doirasida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Ochildiyev (https://t.me/Qiziriq_tumai_Kengash/2496) “Yetimqum” mahallasida “Aslovtaservis” MChJ tomonidan qurilib, yaqin kunlarda foydalanishga topshirilishi kutilayotgan xususiy klinikaga tashrif buyurdi.
📍Tashrif davomida deputat tomonidan mazkur obyekt hududida olib borilayotgan qurilish ishlari, yaratilayotgan zamonaviy sharoitlar hamda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi.
⏳Shuningdek, qurilish jarayonining sifati, belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishi hamda kelgusida aholiga qulaylik yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📈 Hududlarda amalga oshirilayotgan ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni doimiy nazoratda ushlab borish — deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)
#B_Ochildiyev #Nazorat_tahlil