Yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar — deputat e’tiborida
💬 Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Ch.Normo‘minov (https://t.me/Qiziriq_tumai_Kengash/2496) hududlarda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishmoqda.
⏺ Deputat “Yangixayot” mahallasida joylashgan 14-umumta’lim maktabida bo‘lib, o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayoni va mavjud imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi.
⏺ Shuningdek, maktab o‘qituvchilari bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
⏺ Bundan tashqari, deputat mahallada tashkil etilgan futbol stadionida bo‘lib, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida o‘tkazilayotgan sport to‘garaklari faoliyati bilan tanishdi.
⏺Sport mashg‘ulotlari yoshlar salomatligini mustahkamlash, ularni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirishda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)