Yangiliklar

PAYSHANBA - YOSHLAR KUNI

PAYSHANBA - YOSHLAR KUNI
Payshanba — yoshlar kuni munosabati bilan Xalq deputatlari tuman Kengashining 18-G'oyibon saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati M.Karimova 2-sonli texnikumga tashrif buyurib, o‘quvchi yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

 Uchrashuv davomida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularning fikr va takliflari tinglandi. Shuningdek, yoshlarning bilim olishi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi hamda kelajakda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari haqida suhbatlashildi.

 Deputat yoshlarga ta’lim olishga yanada jiddiy yondashish, yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan barkamol avlod bo‘lib yetishishlari borasida o‘z tavsiyalarini bildirib o‘tdi.

Slide 1 of 5