Yangiliklar

Maktabdagi sharoitlar deputat e’tiborida

Maktabdagi sharoitlar deputat e’tiborida
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputati F.Gʻoziyeva Xonrabot mahallasida joylashgan 8-sonli umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.

 Tashrif davomida maktab hududidagi tozalik, o‘quv jarayoni va o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

 Deputat o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning ta’lim olish jarayoni, qiziqishlari va takliflari bilan ham qiziqdi va keraklin tavsiyalarini berdi.

 Shuningdek, mazkur maktab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-fevraldagi “2026 yilda Navoiy viloyatini barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 58-sonli qarorining 10a-ilovasiga muvofiq, 2028-yilda maktab mukammal ta’mirlanishi belgilanganligini ta’kidlab o'tdi.

Slide 1 of 6