Yangiliklar

Aholi salomatligi — deputat e’tiborida

Aholi salomatligi — deputat e’tiborida
Aholi salomatligi — deputat e’tiborida

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Karimova 39-sonli oilaviy poliklinikaga tashrif buyurib, muassasada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida deputat aholiga bepul tarqatilayotgan dori-darmonlar holati, ularning yetarliligi hamda tibbiyot muassasasida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi. 

Shuningdek, shifokorlar bilan muloqot qilib, ularning faoliyati, ish jarayoni va sohada uchrayotgan ayrim muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv davomida tibbiy xizmat sifatini yanada yaxshilash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 4