Mahalla faoliyati o‘rganildi
Tuman Kengashi deputati F.Gʻoziyeva Xonrabot mahallasiga tashrif buyurib, mahallada olib borilayotgan ishlar hamda faoliyat bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida deputat mahalla faollari bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar, aholini qiynayotgan muammolar va ularni hal etish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Shuningdek, mahalladagi ijtimoiy masalalar va aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar ham muhokama qilindi.
Bunday uchrashuvlar joylardagi holatni o‘rganish va aholi bilan yaqin muloqotni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi kotibiyati