Narpay tumanida o‘quv-seminar tashkil etildi
Ayni paytda, xalq deputatlari Narpay tumani Kengashi binosida xalq deputatlari Samarqand viloyati hamda barcha tuman-shaharlari Kengashlari kotibiyati mudirlari, mutaxasislari ishtirokida amaliy seminar boʻlib oʻtmoqda.
Binoda xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasi bilan tanishib, oʻz fikr mulohazalarini bildirishmoqda.
Seminardan koʻzlangan maqsad kotibiyat mudirlari va mutaxasislari oʻrtasida tajriba almashish, orttirilgan tajriba asosida kelgusida ishlarni toʻgʻri tashkil etishdan iborat.