Kuni kecha tuman hokimi o‘rinbosari O.Djo‘rayev hamda tuman Kengashi deputati D.Po‘latov ishtirokida Bo‘ka tumanidagi ijtimoiy soha obyektlarida kuz–qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi.
Xususan, 3-umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, isitish tizimining ishlash holati, qozonxona va ichki kommunikatsiyalar, sinfxonalarning issiqlik ta’minoti hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi