Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Qiziltepa tumanida ekologiya va obodonlashtirish masalalariga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda.
янв.21
O‘zbekiston Ekologik partiyasi Qiziltepa tuman partiya tashkiloti hamda partiyadan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan tumandagi jtimoiy soha obyektlarining qish mavsumiga tayyorgarligi doirasida olib borilayotgan ishlar jamoatchilik nazorati asosida o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi o‘n oltinchi sessiyasi 2025-yilning 24-dekabr kuni chaqirilishi belgilandi.
янв.21
“ENG FAOL DEPUTAT” KOʻRIK-TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI BOʻLIB OʻTDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlarni o'rganish davom etmoqda.
янв.21
BOZORDAGI NARX-NAVOLAR O‘RGANILDI.
янв.21
DEPUTAT VA MAHALLA HAMKORLIGI
янв.21
KONSTITUTSIYA BAYRAMI TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA
янв.21
VATAN HIMOYASI – KONSTITUTSIYAVIY BURCH
янв.21
Tuman hokimi Bekzod Bobomurodov hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yu.Axmedov Varozun mahallasi hududida 30 gektar maydonda bunyod etilayotgan "Chorvachilik mikromarkazlari kompleksi"da amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida ushbu manzilga bordi.
Qiziltepa tumanida ekologiya va obodonlashtirish masalalariga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

Qiziltepa tumanida ekologiya va obodonlashtirish masalalariga qaratilgan amaliy ishlar izchil davom etmoqda.

Jumladan, Oʻzbekiston Ekologik partiyasi Qiziltepa tuman Kengashi raisi hamda partiyadan saylangan Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati tomonidan Malikobod MFYda joylashgan 31-umumiy oʻrta taʼlim maktabida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekoreyd tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida maktab hududini obodonlashtirish, atrof-muhitni yanada yashil va ozoda holga keltirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, “Yashil makon” loyihasi doirasida maktab hovlisiga va unga tutash hududlarga 250 ga yaqin mevali hamda manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

Shuningdek, ekoreyd jarayonida chiqindilarni saralash va qayta ishlash madaniyatini shakllantirish maqsadida plastik idishlar uchun mo‘ljallangan maxsus bak tayyorlangan.

Slide 1 of 4