Sayyor qabul davomida aholining kommunal (ichki yo'llar, suv, elektr energiyasi,kadastr) va ijtimoiy sohadagi muammolari va murojaatlari tegishli tashkilot mas'ullari bilan birgalikda atroflicha muhokama qilinib, murojaatlar ijrosiga mas'ul mutasaddilarga vazifalar berildi.Shuningdek, aholining mahalladagi ta'mirtalab ko'prik bo'yicha murojaatlari tuman hokimi boshchiligida joyida o'rganildi va mazkur ko'prikni ta'mirlash yuzasidan mas'ullarga aniq topshiriqlar berildi.