Yangiliklar

Deputat mahallada

 «Yuzma-yuz muloqot: Deputat M.Normurotov mahallada qabul o‘tkazdi» 

21-Kelovchi saylov okrugi
deputati M.Normurotov va «Guliston» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi ishtirokida
navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
 

«Mahallabay» ishlash tizimi asosida tashkil etilgan ushbu muloqot davomida
aholining kundalik hayotidagi muammolar tinglandi. Qabul davomida:
 

Kommunal xizmatlar va yo‘l infratuzilmasi; 

Bandlik va ijtimoiy yordam; 

Hududdagi obodonlashtirish ishlari kabi qator masalalar ko‘rib chiqildi. 

Murojaatlarning aksariyati joyida hal etildi, vaqt va o‘rganish talab
qiladigan masalalar bo‘yicha deputat nazorati o‘rnatilib, tegishli
tashkilotlarga so‘rov yuboriladigan bo‘ldi.
 

Xalq bilan yuzma-yuz muloqot — muammolarni tez va samarali hal etishning
eng to‘g‘ri yo‘lidir.