🏛 Ijtimoiy ko‘mak adolatli bo‘lishi shart: Deputat nazorati
14-Mingtepa saylov okrugi deputati B.Abduraxmonov hududdagi ijtimoiy
xodimlar faoliyati va ehtiyojmand oilalarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini
o‘rgandi.
Diqqat markazida:
Kam ta’minlangan oilalarga nafaqa va moddiy yordam tayinlashning
adolatliligi;
Ijtimoiy xizmatlarning manzilli va o‘z vaqtida ko‘rsatilishi;
Aholi murojaatlari va to‘lovlar shaffofligi.
Deputat o‘rganish davomida ijtimoiy xodimlarning mas’uliyatini oshirish va
byurokratiyaga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zarur tavsiyalarni berdi. Maqsad — har
bir yordam haqiqiy ehtiyojmand egasiga yetib borishini ta’minlash.