Piskentda muhim targ‘ibot tadbiri: "O‘zbekiston – 2030" strategiyasi mahallalarda
Piskent tumani "Murotali" mahallasida Prezidentimiz
Murojaatnomasi hamda “O‘zbekiston-2030” strategiyasining
mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Targ‘ibot tadbirida 13-Chimqo‘rg‘on saylov okrugi deputati M.Usmonova
ishtirok etib, belgilangan ustuvor vazifalarning ijrosi va aholi farovonligini
oshirishdagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.
Tadbirning asosiy urg‘usi:
Islohotlarning har bir xonadonga kirib borishini ta’minlash;
Aholi bandligi va ijtimoiy himoya masalalari;
Mahalla infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha istiqbolli rejalar.
Bu kabi uchrashuvlar davlat dasturlarining ijrosini ta’minlash va xalq
bilan yaqin muloqot o‘rnatishda muhim ko‘prik bo‘lib xizmat qilmoqda.