Yangiliklar

Deputat mahallada

 🚔 Xavfsiz mahalla -osoyishta yurt: Deputat nazorati 

Jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash va jinoyatchilikning barvaqt
oldini olish har bir mahallaning tinchligi uchun muhim. 13-Chimqo‘rg‘on saylov
okrugi deputati M.Usmonova hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati va
profilaktika inspektorining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
 

O‘rganish markazida bo‘lgan asosiy masalalar: 

"Qizil" va "sariq" hududlar: Jinoyat sodir etilish
xavfi yuqori bo‘lgan mahallalarda vaziyatni sog‘lomlashtirish,
huquqbuzarliklarning kelib chiqish sabablarini tahlil qilish.
 

Profilaktika choralari: Hudud inspektori tomonidan aholi o‘rtasida olib
borilayotgan tushuntirish ishlari va "Mahalla yettiligi" bilan
hamkorlik holati.
 

O‘rganish davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish va hududda
osoyishtalikni mustahkamlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli taklif va tavsiyalar
berildi.
  

Slide 1 of 2