Yangiliklar

Deputat mahallada

  MAHALLABAY ISHLASH TIZIMI: KAMBAG‘ALLIKNI ISQARTIRISH VA BANDLIK-USTUVOR VAZIFA 

15-Fayzobod saylov okrugi deputati D. Komilova tomonidan hududda hokim yordamchilarining
faoliyati va aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlari yuzasidan
o‘rganish o‘tkazildi.
 

 Aniq raqamlar va natijalar: O‘rganish davomida
"Fayzobod" MFY hokim yordamchisi tomonidan 2026 yilning birinchi
choragida diqqatga sazovor ishlar amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi:
 

39 nafar mahalla turg‘unining bandligi ta’minlandi; 

Imtiyozli 12%lik kredit asosida jami 670 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi; 

Yangi ish o‘rinlari asosan chorvachilik, dehqonchilik, tikuvchilik va pazandachilik yo‘nalishlarida
yaratildi.
 

Kelajakka nazar: Deputat o‘rganishlari davomida faqat bugungi kun emas, balki ertangi kun
rejalariga ham e’tibor qaratdi. Xususan, 2025-2026 yillarda hududdagi 4 ta
maktabning 70 nafar 11-sinf bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash va ular uchun
yangi ish o‘rinlari yaratish masalasi ustuvor vazifa etib belgilandi.