SOG‘LOM TANDA — SOG‘LOM AQL: SPORT OBYEKTLARI DEPUTAT
NAZORATIDA
15-Fayzobod saylov okrugi deputati D. Komilova
tomonidan mahallalarda aholi va bolalar uchun yaratilgan sport sharoitlari,
sport inshootlari hamda ta’lim muassasalaridagi sport zallarining holati
o‘rganildi.
Navbatdagi ishchi tashrif hududdagi 17-sonli umumiy
o‘rta ta’lim maktabiga amalga oshirildi.
Sport zalining holati: Maktab sport zalining tozaligi,
yoritilishi va mashg‘ulotlar o‘tkazish uchun yaroqliligi;
Sport anjomlari: To‘plar, gimnastika anjomlari, turnik
va boshqa vositalarning mavjudligi hamda ularning sifati;
Xavfsizlik: Sport zallaridagi qurilmalarning
xavfsizlik talablariga javob berishi.
Deputat D. Komilova maktabning sport o‘qituvchilari va
yosh sportchilar bilan suhbatlashib, ularni qiynayotgan masalalar bilan
qiziqdi. Sport zalidagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va moddiy-texnik
bazani yanada boyitish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.