MADANIYAT MASKANLARI — E’TIBOR MARKAZIDA: MUAMMO VA
YECHIM
15-Fayzobod saylov okrugi deputati D. Komilova
tomonidan hududdagi madaniyat muassasalari, muzeylar va kutubxonalarning holati
yuzasidan navbatdagi nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Bu galgi o‘rganish manzili-"Do‘ngqo‘rg‘on"
madaniyat uyi bo‘ldi. Madaniyat va san’at xalq ma’naviyatining ko‘zgusi
bo‘lsa-da, mazkur maskandagi holat bugungi kun talablariga to‘liq javob
bermasligi aniqlandi.
Aniqlangan
kamchiliklar: O‘rganish davomida madaniyat uyining asosiy zali va ichki
xonalari ko‘zdan kechirilganda, binoning ta’mirtalab holatga kelib qolganligi
ma’lum bo‘ldi. Xususan:
Zalning devor qismlari ta’mirga muhtoj;
Madaniy tadbirlar o‘tkaziladigan sahna va
o‘rindiqlarning eskirganligi;
Isitish va
yoritish tizimlaridagi mavjud muammolar.
Deputat D. Komilova madaniyat uyi xodimlari bilan
suhbatlashib, bu yerda to‘garaklar faoliyatini jonlantirish va aholining
madaniy hordiq chiqarishi uchun sharoitlarni yaxshilash zarurligini ta’kidladi.