MAHALLADA XOTIN-QIZLAR MANFAATI USTUVOR
15-Fayzobod
saylov okrugi deputati D. Komilova tomonidan mahallada xotin-qizlar faoli
tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
Asosiy
e’tibor -"Ayollar
daftari"ga: Bugungi kunda mahalla xotin-qizlar faoli 243 nafar
"Ayollar daftari"ga kiritilgan xotin-qizlar bilan individual tartibda
ish olib bormoqda. Ularning muammolarini hal
etish, moddiy va ma’naviy ko‘mak berish choralari ko‘rilmoqda.
Oilaviy totuvlik-jamiyat mustahkamligi:
O‘rganish davomida oilaviy nizolarni bartaraf etish masalasiga alohida
to‘xtalib o‘tildi.
Mahalladagi 2 ta notinch oilaning muammolari
o‘rganilib, mahalla faollari bilan hamkorlikda ularni yarashtirish choralari
ko‘rilmoqda.
Ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularni
kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha mahalla yettiligi bilan birgalikda amaliy
ishlar boshlangan.
Deputat D. Komilova ayollarning jamiyatdagi o‘rnini
mustahkamlash va oilalar tinchligini asrashda xotin-qizlar faolining
mas’uliyati yuqori ekanligini qayd etdi.