Hunarmand ayollar Murojaatnoma mazmunini muhokama qildi
⚡️
Pastdarg'om tumanidagi “Beka Charos” korxonasida tashkil etilgan uchrashuvda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Gulbeka Qo‘chqorova hamda hunarmand ayollar ishtirok etdi.
⚡️
Unda Prezidentimizning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati haqida gap bordi. Jarayonda aniq masala o‘rtaga qo‘yildi: ijtimoiy adolat qog‘ozda qolmasligi, u ish joyida sezilishi kerak.
Murojaatnomada belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etishda fuqarolar bilan birga harakat qilishdir.
⚡️
Deputat - Gulbeka Qo‘chqorova har bir korxona, har bir ish o‘rni davlat siyosatining samarasini ko‘rsatib beruvchi mezon ekanini qayd etdi.
⚡️
Uchrashuvda Prezident Murojaatnomasida belgilangan islohotlar ayollarning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
✈️
@sam_vil_deputatlari