Yangiliklar

Kengash raisini qabuli

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi raisi J.Dushabayev “Yangihayot” mahallasi faoli “Do‘stlik” ordeni sohibi A.Rustamovni qabul qildi. Qabulda mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari muhokama etilib, 2026-yilga mo‘ljallangan investitsiya dasturiga mahalla hududida yangi quriladigan maktabgacha ta’lim tashkiloti, shuningdek, tashabbuskor tadbirkor tomonidan xizmat ko‘rsatish obyekti, nuroniylar uchun guzar qurilishi ham ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari elektr enegiyasi, ichimlik suvi va kanalizatsiya masalasi bo‘yicha olib
borilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tildi. Ko‘tarilgan barcha masalalar Kengash tomonidan nazoratga olindi.
  

Slide 1 of 2