Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Boyovut tumani “Navbahor” mahallasi hududida joylashgan YUR–5 kanalining betonlash ishlari olib borilayotgan hududda aholi noroziligiga sabab bo‘lgan ochiq suv o‘tkazish quvurlari bo‘yicha kelib tushgan murojaat asosida joyiga chiqildi.

Tashrifda, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Jumavoy Rahmonqulov boshchiligida Quyi Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i Nurkamol Atakulov, Boyovut tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DUK direktori Sardor Nasriddinov hamda “Baraka Qurilish” MChJ rahbari Andrey Ryuxin ishtirok etdi.

Muammo mas’ullar ishtirokida o‘rganilib, joyida bartaraf etildi. Ayrim texnik holatlar murakkabligi sababli ularni qisqa muddatda hal qilish rejalashtirildi. Shuningdek, YUR–5 kanalining “Mingterak” vohasiga boruvchi ikki irmog‘ini ham joriy yilda betonlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mas’ullarga aniq, asosli topshiriqlar berildi va deputat nazorati ostida ishlar davom ettiriladi.

Slide 1 of 6