#Doimiy_komissiya_faoliyati
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi A.Maxammatov tomonidan Qirqovul mahallasida faoliyat yuritayotgan ijtimoiy xodimning ish samaradorligi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida asosan mahalladagi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan oilalar, yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga manzilli ijtimoiy yordam ko‘rsatish va ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi
O‘rganish yakunlari bo‘yicha: Qirqovul mahallasida ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda doimiy komissiya tomonidan mazkur yo‘nalishda deputatlik nazoratini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|