#24_ta_masala
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Nurmanova hududdagi 4-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasada yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud holatlarni o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida deputat tashkilot xodimlari bilan suhbatlashib, ularning ish faoliyati, mavjud muammolar va takliflari bilan tanishdi. Shuningdek, maktabgacha ta’lim sifatini yanada yaxshilash, xodimlar uchun qulay mehnat sharoitlarini yaratish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Deputat aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishini ta’kidladi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|