Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat N. Do‘smatova “Xos” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda daromad manbalarini kengaytirish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, mahalla fuqarolarining ijtimoiy ahvolini yaxshilashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.
📈 Har bir oila farovonligi, har bir fuqaroning munosib turmush kechirishi yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish ustuvor vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.