#24_ta_masala
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X.Xudoyberdiyeva Tomoyrot mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash hamda muammolarini o‘rganish borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.
O‘rganish jarayonida mahalladagi xotin-qizlarning ish bilan ta’minlanganlik holati, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish va mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga e’tibor qaratildi.
Deputat tomonidan xotin-qizlarning bandligini oshirish, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|