O‘rganishlar davomida Oqtepa mahallasi “Feruz” ko‘chasi 16-uy kirish yo‘lagidan katta diametrli gaz quvuri o‘tganligi, ushbu holat esa fuqarolar uchun, xususan uyga kirish-chiqish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish jarayonida jiddiy noqulayliklar tug‘dirayotgani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan:
gaz quvurini texnik imkoniyat doirasida yuqoridan yoki muqobil xavfsiz yo‘l bilan o‘tkazish masalasini ko‘rib chiqish;
fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish;
mavjud muammoni ijobiy hal etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.
Amaldagi tartibga muvofiq, deputat so‘roviga 10 kun muddat ichida yozma javob taqdim etilishi belgilangan.