#24_ta_masala
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputatlari J.Axunov hamda M.Musurmanov Alisher Navoiy mahallasida bo‘lib, hududda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan tanishdi.
O‘rganish davomida yakka tartibdagi tadbirkorlarning (YATT) ish faoliyati, yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi. Faoliyat natijasida 3 ta yangi ish o‘rni yaratilgani qayd etildi.
Shuningdek, tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|