#Kengash_sessiyalariga_oid
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi tuman” loyihasi doirasida Chelak shaharchasida 24/7, ya’ni tunu kun faoliyat yurituvchi ko‘cha tashkil etish rejalashtirilgan.
Mazkur loyiha xizmat ko‘rsatish sohasi, savdo, umumiy ovqatlanish, turizm va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, aholi hamda mehmonlar uchun qulay va xavfsiz muhit yaratishga xizmat qiladi.
Bunda transport vositalari harakati tartibga solinib, zarur hollarda cheklanadi hamda aylanma yo‘l tashkil etiladi.
Natijada hudud piyodalar, sayyohlar va tadbirkorlik subyektlari uchun yanada qulay maskanga aylantiriladi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|