#Deputat_sorovi_javobi
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Axunov Jamshid Shodiyevich tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri O‘.Xo‘jamqulov tomonidan belgilangan tartibda javob taqdim etildi.
Deputatlik so‘rovi asosida maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan “Boshcho‘rash” va “Xosa” mahallalarida joylashgan 26-28-sonli umumta’lim maktablarida o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida sport zallaridagi ayrim jihozlar va inventarlar eskirgani aniqlandi. Mazkur kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida ta’mirlash ishlari uchun zarur vositalar ajratildi hamda sport jihozlari bilan ta’minlash bo‘yicha kelgusida mablag‘ ajratish choralari ko‘rilishi belgilandi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|