#Kengash_sessiyalariga_oid
Payariq tumani Chelak shahri hududida 24/7, ya’ni tunu kun faoliyat yurituvchi ko‘chani tashkil etish natijasida
Loyiha doirasida quyidagi qurilish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi:
-avtomobil yo‘llarini asfalt-beton qoplamasi bilan ta’mirlanadi;
- piyodalar yo‘laklari va velosiped yo‘laklarini quriladi;
- zamonaviy illyuminatsion yoritish tizimlarini o‘rnatiladi;
-yotiq lotoklar barpo etiladi;
-hudud ko‘kalamzorlashtiriladi va obodonlashtiriladi;
-zamonaviy savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari faoliyati uchun zarur infratuzilma yaratiladi.
Mazkur loyihaning amalga oshirilishi natijasida:
-yangi ish o‘rinlari yaratiladi;
-tadbirkorlik subyektlari soni va faoliyati kengayadi;
-xizmat ko‘rsatish hajmi ortadi;
-hududning turistik jozibadorligi oshadi;
-aholi va mehmonlar uchun zamonaviy dam olish va sayr qilish maskani yaratiladi;
-tumanning iqtisodiy salohiyati va investitsion jozibadorligi yanada yuksaladi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|