O'rganish davomida mahallada xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka jalb etish va ularning jamiyatdagi faolligini yanada oshirishga qaratilgan tashabbuslar yuzasidan fikr almashildi.
Yakunda xotin-qizlar manfaatlarini ta’minlash, ularning murojaatlari bilan manzilli ishlash hamda bu boradagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.