#Qonun
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Shakarov tomonidan Yangiobod mahallasida joylashgan 12-son maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi, ta’lim-tarbiya jarayonining tashkil etilishi, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda muassasaning moddiy-texnik bazasi holati ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, muassasada bolalarning sifatli ta’lim va tarbiya olishi, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, oziqlantirish jarayonining tashkil etilishi hamda pedagog xodimlarning faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va qonun ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|