#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati F.Dehqonova Bunyodkor mahalla raisi bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan ishlar hamda mavjud muammolar holati bilan yaqindan tanishdi.
O‘rganish davomida mahalladagi ichimlik suvi ta’minoti, elektr tarmoqlari va mavjud infratuzilma holati ko‘zdan kechirildi. Aniqlanishicha, mahallada elektr tarmog‘iga oid 585 ta ustun mavjud bo‘lib, shundan 255 tasi yaroqsiz holatda ekani ma’lum bo‘ldi.
Deputat tomonidan aniqlangan masalalarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish yuzasidan taklif va tavsiyalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|