#24_ta_masala
INVESTITSIYA LOYIHALARI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov hamda tuman hokimligi bosh mutaxassisi G'.Eltoyev tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish jarayonida Indoneziya davlati investorlari ishtirokida “Egifoods” XK tomonidan tashkil etilgan mehmonxona loyihasi ko‘zdan kechirildi. Mazkur loyihaning umumiy qiymati 2 million AQSH dollarini tashkil etib, natijada 15 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
Mehmonxona yiliga 9 ming nafargacha mehmonni qabul qilish quvvatiga ega bo‘lib, hududning turizm salohiyatini oshirish, xizmatlar sohasini rivojlantirish hamda aholi bandligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
O‘rganish davomida loyiha faoliyati, yaratilgan sharoitlar va kelgusidagi rivojlantirish istiqbollari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|