#24_ta_masala
Loyiha ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi kotibiyati mudiri J.Axunov va tuman Kengashi deputati M.Musurmonov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi “2026–2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-393-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida Payariq tumani “Birlashuv” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 54-son umumta’lim maktabini rekonstruksiya qilish, jumladan, qo‘shimcha 96 o‘rinli o‘quv bino qurish loyihasida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, obyektdagi qurilish-montaj ishlarining borishi, loyiha hujjatlarida belgilangan vazifalarning ijrosi hamda ishlarning sifatli va belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullar bilan muloqot qilinib, tegishli tavsiyalar berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|