Tashrif davomida Oltinsoy tuman Kengashi kotibiyatining faoliyati, ish yuritish tizimi, deputatlar faoliyatini tashkiliy va axborot jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Kotibiyat faoliyatini takomillashtirish, ish samaradorligini oshirish hamda zamonaviy ish uslublarini joriy etish masalalari yuzasidan fikr va tajribalar almashildi.
Mazkur tashrif ikki tuman Kengashlari kotibiyatlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash va faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati
🕊Telegram 💬Facebook 🌐E-kengash 📸Instagram ▶️YouTube 🌐 oltinsoy.uz