“Yangi O‘zbekiston maydoni”ni tashkil etish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.
Barchamizga ma'lumki aholining turmush sifati va tuman infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun hordiq, sayr, madaniy tadbirlar va ommaviy yig‘ilishlar o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan ochiq, xavfsiz va zamonaviy jamoat maskanini tashkil qilish maqsadida tuman markazida “Yangi O‘zbekiston maydoni” tashkil etish ishlari jadallik bilan davom etmoqda.
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati N.Nurmatova va tuman Kengashi deputatlari A.Maxammatov, M.Nurmanova va X.Xudayberdiyevalar “Yangi O‘zbekiston maydoni”ning qurilish ishlari bilan tanishishdi.
Deputatlar “Yangi O‘zbekiston maydoni” tuman aholisining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, madaniy-ma’rifiy tadbirlarni yuqori darajada tashkil etish va hudud infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirishga xizmat qilishi alohida ta’kidladilar.