Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Ochilova tomonidan “Ijtimoiy ko‘cha” loyihasi o‘rganildi.
🛣Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Ochilova Payariq shahridagi “Xalqobod” ko‘chasida joylashgan, namunaviy “Ijtimoiy ko‘cha”da olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Ushbu loyiha nogironligi bo‘lgan shaxslarning qulay va to‘siqlarsiz harakatlanishlari uchun shaharsozlik norma va qoidalari talablariga to‘liq mos holda tashkil etilmoqda.
Tashrif davomida yo‘l bo‘yidagi infratuzilmani moslashtirish, piyodalar yo‘laklari va panduslar sifatini oshirish, xavfsizlik belgilari hamda yoritish tizimlarini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar ko‘zdan kechirildi.
Loyiha yakunlangach, ushbu ko‘cha aholining barcha qatlamlari, xususan, imkoniyati cheklangan shaxslar uchun yanada qulay va xavfsiz jamoat hududiga aylanishi kutilmoqda.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377)