Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Deputat tashabbusi bilan tez yordam shoxobchasi mukammal ta'mirlandi

➡️ Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan tuman hokimligiga deputatlik so'rovi yuborilib, mutasaddi tashkilotlarga binoni rekonstruksiya qilish yuzasidan tegishli takliflar bildirilgan. Natijada tuman hokimligining zaxira mablag'lari hisobidan zarur mablag' ajratilib, bino mukammal ta'mirlandi hamda zamonaviy ko'rinishga keltirildi.

🗓 Bugun yangilangan shoxobcha tantanali ravishda foydalanishga topshirildi. Tadbirda ishtirok etgan respublika, viloyat va tuman mutasaddilari mamlakatimizda aholi salomatligini muhofaza qilish, tibbiy xizmatlar sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar haqida so'z yuritdilar.

✅ Mazkur loyiha hudud aholisiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko'rsatish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1