Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🤝 Deputat hokim yordamchisi faoliyati samaradorligini tahlil qildi

🌿 Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Lyu Svetlana “Isfara” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.

📌 Jumladan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash, oilalar daromadini oshirish hamda tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishildi.

🤝 Tashrif davomida fuqarolar bilan muloqot qilinib, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan tashabbuslar muhokama qilindi.

✨ Mahallalarda tizimli va samarali ishlarning yo‘lga qo‘yilishi — aholi farovonligini oshirishning muhim omilidir!

Slide 1 of 4