🔹Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2024-yil 23-apreldagi 6-115-77-10-136-K/24-sonli qaroriga asosan, “Kichiksoy” MFY hududida 19-“Soyliq” saylov okrugidan saylangan deputat Sh. Yuldashev, tuman prokurori 2-sektor rahbari I.Qambarov boshchiligida hamda “mahalla yettiligi” xodimlari tomonidan aholi muammolarini yechish, murojaatlarini oʻrganish va ularga har tomonlama koʻmak berish maqsadida navbatdagi sayyor qabul tashkil etildi.
🔹Ochiq va samimiy muloqot tarzida kechgan qabulda aholi bandligini ta’minlash, imtiyozli kreditlar ajratish, moddiy-ko‘mak, mahalla hududini obodonlashtirish, tungi yoritgich chiroqlarini o‘rnatish, chiqindilarni vaqtida olib chiqib ketish, kommunal xizmati sohasidagi kamchiliklar va boshqa masalalar yechimi xususida bo‘ldi.
🔹Murojaatlar yuzasidan ayrim masalalar joyida hal etilib, qolganlariga qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi.