🔹Aholi muammolarini manzilli o‘rganish, yechimini kutayotgan masalalarni bartaraf etish maqsadida bugun Xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashi raisi, tuman hokimi J.Axmedov boshchiligida tuman Kengashi kotibiyati mudiri J.Sadirov, Xalq qabulxonasi mudiri X.Aydashev va mutasaddi tashkilot rahbarlari bilan navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Qabul jarayonida 30 ga yaqin fuqarolarning murojaatlari tinglandi.
🔹Shuningdek, murojaatlarning asosiy qismi tibbiy xizmat, xususan, sog‘lig‘ini tiklashda amaliy yordam ko‘rsatish, uy-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ipoteka kreditiga davlat subsidiyasini olish, tadbirkorlik faoliyatini boshlashda amaliy yordam berish, mahalla hududini obodonlashtirish, aholi bandligini ta’minlash, moddiy-ko‘mak, kommunal xizmati sohasidagi kamchiliklar va boshqa masalalar yechimi xususida bo‘ldi.
🔹Murojaatlar yuzasidan ayrim masalalar joyida hal etilib, qolganlariga qonun doirasida tushuntirish ishlari olib borildi. Ijrosi ma’lum muddat va qo‘shimcha o‘rganish talab qiladigan murojaatlar mas’ullarga yo‘naltirildi.